Qo‘ng‘iroq qilish Telegram

23 ta darsdan 5-dars · Bitimlar va voronka

Bitimni qanday yaratish

Darsga vaqt: 2 daq · yangilangan: 22.10.2026

Bitimni qoʻlda uch usulda yaratish mumkin. Saytdan, messenjerlardan va qoʻngʻiroqlardan keladigan arizalar esa, agar ular ulangan boʻlsa, bitimlarni oʻzi yaratadi.

1-usul. «Новая сделка» tugmasi

  1. Сделки boʻlimini oching.
  2. Oʻng yuqori burchakdagi + Новая сделка tugmasini bosing.
  3. Bitim nomini yozing — qisqa va aniq: «Ofis taʼmiri, 120 m²».
  4. Agar maʼlum boʻlsa, byudjetni koʻrsating.
  5. Kontakt qoʻshing: ism yoki telefonni yoza boshlang — mijoz bazada boʻlsa, tizim uni taklif qiladi.
  6. Сохранить (saqlash) tugmasini bosing.

2-usul. Ustunda tez qoʻshish

Har bir ustunning birinchi kartochkasi ustida Быстрое добавление (tez qoʻshish) satri bor. Uni bosing, nom, mijoz ismi va telefonini yozing — bitim darhol shu bosqichda paydo boʻladi.

3-usul. Kontakt kartochkasidan

Mijoz bazada boʻlsa, uning kartochkasini oching va yangi bitimni oʻsha yerda qoʻshing — u darhol shu kontaktga bogʻlanadi.

Darhol nimani toʻldirish kerak

  • Masʼul (Ответственный) — odatda siz; bitimni hamkasbga topshirsangiz, almashtiring.
  • Telefonli kontakt — usiz kartochkadan qoʻngʻiroqlar va messenjerlar ishlamaydi.
  • Vazifa — muddatli birinchi harakat. Vazifasiz bitim osongina unutiladi («Vazifalar» darsiga qarang).

Amaliyot

Darsdagi har bir usul bilan bittadan — uchta sinov bitimi yarating. Har birida telefonli kontaktni toʻldiring va vazifa qoʻying. Keyin ularni telefon boʻyicha qidiruv orqali toping.

CRMingizdagi tugma va boʻlimlar nomlari biroz farq qilishi mumkin: ishlab chiquvchi interfeysni muntazam yangilab turadi. Biror narsa mos kelmasa — bizga yozing, yordam beramiz.

Oʻzingiz sozlay olmayapsizmi?

Biz Oʻzbekistonda amoCRM va Bitrix24 hamkorimiz. Voronkalar, integratsiyalar va robotlarni biznesingizga moslab sozlaymiz hamda jamoangizni oʻqitamiz.