20 ta darsdan 17-dars · Koʻp beriladigan savollar va muammolar
Bitimni yoki birdaniga koʻp bitimni qanday oʻchirish
Sinov arizalari, formalardan kelgan spam, importdan keyingi dublikatlar — bitimlarni oʻchirishga toʻgʻri keladi. Buni ehtiyotkorlik bilan qiling: bitimni oʻchirish uning tarixini ham olib tashlaydi.
Oʻchirishdan oldin
- Bitim tarixda kerakmi? Agar bu shunchaki muvaffaqiyatsiz sotuv boʻlsa — oʻchirmang, uni sabab bilan muvaffaqiyatsiz deb yoping. Faqat axlatni oʻchiring.
- Ommaviy oʻchirishdan oldin eksport qiling: bitimlar roʻyxatida amallar menyusi (tishli gʻildirak yoki «⋯») → Excelga eksport.
- Huquqlar. Oʻchirish tugmasi yoʻq boʻlsa — rolingizda «Удаление» huquqi yoʻq («Xodimlar va kirish huquqlari» darsi).
Bitta bitim
Bitim kartochkasini oching, uning yuqori qismidagi amallar menyusini bosing va Удалитьni tanlang.
Birdaniga koʻp bitim
- CRM → Сделки → Список koʻrinishi.
- Bitimlarni filtr bilan ajrating: bosqich, yaratilgan sana, manba, masʼul.
- Belgilarni qoʻying (sarlavhadagi belgi butun sahifani tanlaydi; topilganlarning hammasi uchun amallar panelidagi «hammasi uchun» belgisidan foydalaning).
- Pastdagi amallar panelida Удалитьni tanlang.
Ortiqchasini oʻchirib yubordingiz
Bitrix24da CRMning savati (korzina) bor: oʻchirilgan bitimlar u yerda maʼlum vaqt saqlanadi va qayta tiklanadi. Uni CRM menyusidan qidiring («Корзина» bandi «Ещё» ichida yashiringan boʻlishi mumkin). Saqlash muddati cheklangan — darhol tiklang.
Amaliyot
Sinov voronkasida uchta bitim yarating, ularni roʻyxat orqali oʻchiring va bittasini savatdan tiklang.
CRMingizdagi tugma va boʻlimlar nomlari biroz farq qilishi mumkin: ishlab chiquvchi interfeysni muntazam yangilab turadi. Biror narsa mos kelmasa — bizga yozing, yordam beramiz.