20 ta darsdan 7-dars · CRM: lidlar va bitimlar
Bosqichlar, kanban va bitimni yopish
Kanban, roʻyxat va kalendar
Сделки boʻlimining bir nechta koʻrinishi bor, almashtirgich bitimlar ustida:
- Канбан — ustun-bosqichlar, bitimlar sichqoncha bilan suriladi. Ustun ustida bitimlar soni va summa.
- Список (roʻyxat) — jadval; koʻp bitimni belgilab, guruhli amal bajarish qulay: masʼulni, bosqichni almashtirish, vazifa qoʻyish.
- Календарь — sanalar boʻyicha bitimlar.
Filtr
Yuqoridagi filtr satri: tayyor filtrlar («Мои сделки», «В работе», «Закрытые») va istalgan maydon boʻyicha qidiruv. Kerakli shartlar toʻplamini oʻz filtringiz sifatida saqlash mumkin.
Bitimni qanday yopish
- Kanbanda kartochkani sudray boshlang — pastda Сделка успешна va Сделка провалена zonalari paydo boʻladi.
- Kartochkada bosqichlar tasmasidagi yakuniy bosqichni bosing.
Muvaffaqiyatsiz yopilganda Bitrix24 sababni soʻrashi mumkin — sabablar roʻyxati boʻlmasa, administratordan ularni qoʻshishni soʻrang. Muvaffaqiyatsizlik sabablari hisoboti mijozlar qayerda yoʻqolayotganini koʻrsatadi.
Yopishdan oldin tekshiring
- Summa — muvaffaqiyatli bitimda yakuniysi turishi kerak: tushum hisobotlari shu boʻyicha tuziladi.
- Ishlar va vazifalar — ochiqlarini yoping.
- Izoh — nima sotib olishdi yoki nima uchun rad etishdi.
CRMingizdagi tugma va boʻlimlar nomlari biroz farq qilishi mumkin: ishlab chiquvchi interfeysni muntazam yangilab turadi. Biror narsa mos kelmasa — bizga yozing, yordam beramiz.