Savatcha va kassa
1. Chap menyuda modullar mavjudligini tekshiring
Admin panelga kiring va chap saidbar da 'Savatcha' va 'Kassa' bo'limlari ko'rsatilayotganini tekshiring. Agar ular yo'q bo'lsa — 'Modullar → Sayt uchun' bo'limiga o'ting va kerakli modullarni sotib oling.
2. Modullarni faollashtirish
- Kassani faollashtirish
- 'Modullar → Sayt uchun' bo'limiga o'ting.
- 'Kassa' modulini toping va uni faollashtiring.
- Faollashtirgandan so'ng 'Kassa' bo'limi yon menyuda paydo bo'ladi.
- Savatchani faollashtirish
- 'Modullar → Sayt uchun' bo'limiga o'ting va 'Savatcha' modulini faollashtiring.
- 'Savatchalar → Joyida' bo'limini oching.
- 'Amal' belgisini bosing.
- Kerakli to'lov usullarini yoqing (masalan: naqd, terminal, Payme, Click).
3. Kassani sozlash
'Kassa' bo'limida hech narsa ko'rsatilmasa — kassa yaratish kerak.
- 'Kassa' bo'limiga o'ting.
- Kerakli filial va do'konni tanlang.
- 'Kassa yaratish' tugmasini bosing.
- Ochilgan formada kassa nomini kiriting.
- 'Saqlash' ni bosing.
4. Kassa bilan ishlash (savdo rejimi)
- Kassalar jadvalida 'Amal' ustunidagi belgini bosing.
- Savdo sahifasi ochiladi.
- Qidiruv qatoriga tovar nomini yoki shtrix-kodini kiriting.
- Kerakli tovarni tanlang.
- O'ngdagi yakuniy ma'lumotlarni tekshiring (summa, miqdor, to'lov usullari).
- Savdoni yakunlash uchun 'Hisoblash' tugmasini bosing.
5. Savdo tarixini ko'rish
- 'Buyurtmalar tarixi' bo'limiga o'ting.
- Buyurtmalarni sana, summa, kassir va holat bo'yicha ko'ring.
